Dani Cancela




Daniel Dani Cancela Rodriguez (talaffuzi: Daniel Kansela Rodrigez) (1981-yil 23-sentyabrda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan.

Ispaniyada tugʻilgan Dani 2010-yilda shartnoma imzolaganidan keyin oʻz faoliyatining koʻp qismini Hong Kongda Kitchee bilan oʻtkazgan va oxir-oqibat Hong Kong terma jamoasi vakili boʻlgan.

Klubdagi faoliyati



Ispaniya



Galisiyaning A-Korunya shahrida tugʻilgan Cancela bir necha yil „Deportivo de La Coruna“da oʻynagan, ammo rasmiy doimo zahiradan maydonga tushgan, u Deportivoliklar safida besh mavsum qolgan, ulardan toʻrttasini Tersera divizionida oʻtkazgan. Dani shartnoma davomida Malpica SDC jamoasiga ijaraga berilgan.

2006-yilda Estadio Riazordan ketganidan soʻng, Cancela Segunda B divizioniga koʻchib oʻtgan va ikki mavsum davomida CF Fuenlabrada va CD Lugo tarkibida oʻynagan.

Hong Kong



Cancela 2010-yilning 26-iyulida vatandoshlari Fernando Resio va Jordi Tarres bilan Hong Kongning Kitchee SC jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Keyingi yilning 28-yanvarida u shartnomasini yana ikki yilga uzaytirgan.

2022-yilning 19-avgust kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 finalida „BG Pathum United“ga qarshi oʻyindan soʻng, Cancela 40 yoshida faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan. U Mong Kok stadionida 250 ta oʻyinda maydonga tushib, sakkizta Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati



Cancela Hong Kong pasportini 2017-yilning oktyabrida, 36 yoshida olgan. U milliy terma jamoadagi debyutini 5-oktabr kuni Laosga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:0) oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Kitchee

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz