Dangʻara tumani





Dangʻara tumani (avvalgi nomi Frunze)  — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1939-yil 10-fevralda tashkil etilgan (1962-yil 24 dekabrda Pop tumani bilan birlashtirilgan. 1970-yil 7-dekabrda qayta tuzilgan). Dangʻara tumani viloyatning Buvayda, Uchkoʻprik, Oʻzbekistan, Furqat tumanlari, Qoʻqon sh., Namangan viloyatining Pop tumani, Tojikiston Respublikasining Asht tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,45 ming km. Aholisi: 2023- yilning 1-aprel holatiga Dang‘ara tumanining doimiy aholisi soni 173 730 kishini tashkil etdi. Dangʻara tumanida 1 shaharcha (Dangʻara), 46 ta maxalla fuqarolari yigʻini mavjud. Markazi — Dangʻara shaharchasi.

Tabiati



Dangʻara tumani relyefi asosan tekislik. Uning jan.-gʻarbiy qismi Soʻx yoyilmasining shim.-gʻarbiy chekkasida, shimoli-gʻarbiy qismi esa Sirdaryoning birinchi va ikkinchi terrasalarida joylashgan. Toʻrtlamchi davrning gil, qumoq va qumlari tarqalgan. Tumanning shim.-gʻarbida barxan, doʻng qumlar bor. Iqlimi kontinental iqlim. Yozi issiq, qishi birmuncha yumshoq. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 26,8°, yanvarniki —2,2°. Vegetatsiya davri 220 kun. Yiliga oʻrtacha 110 mm yogʻin tushadi. Bahor va kuzda kuchli „Qoʻqon shamoli“ esadi. Dangʻara tumanida Naymansoy, Oqtepasoy, Urganji ariqlari bor. Tuman hududidan Sirdaryo oqib oʻtadi. Sirdaryo suvi Abdusamat va Olhamak nasos stansiyalari orqali chiqariladi. Artezian va drenaj quduqlari yordamida yer osti suvlaridan ham foydalaniladi. Tuproqlari asosan sugʻoriladigan oʻtloq, qumli oʻtloq va shoʻrxoklardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan qumliklarda saksovul, qandim, yulgʻun, pastqamliklarda yantoq, shuvoq, oqbosh, shoʻrxoklarda qorabaroq, baliqkoʻz, toʻrgʻayoʻt, Sirdaryo sohillarida turangʻil, tol, chingʻil va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, boʻri, toʻqay mushugi, kemiruvchilar, qushlardan chumchuq, hind maynasi, toʻrgʻay, oʻrdak, qashqaldoq, qirgʻovul va b. yashaydi.

Aholisi



2023- yilning 1-aprel holatiga Dang‘ara tumanining doimiy aholisi soni 173 730 kishini tashkil etdi.

👇Shundan:

🔴Ayollar soni – 86 036 kishi

♻️Erkaklar soni – 87 694 kishi

🔴Shaharda yashovchilar – 38 426 kishi

♻️Qishloqda yashovchilar – 135 304 kishi

🔴Tug‘ilish soni – 1 146 kishi

♻️O‘limlar soni – 196 kishi

🔴Nikohlar soni – 211kishi

♻️Ajrimlar soni – 74 kishi

🔴Ko‘chib kelgan – 118 kishi

♻️Ko‘chib ketgan – 52 kishi miqdorida qayd etildi

.
Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 1 km ga oʻrtacha 404 kishi toʻgʻri keladi. Aholining 77.9% dan koʻprogʻi qishloqlarda istiqomat qiladi.== Iqtisodiyoti ==
Xoʻjaligi, asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Pillachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar mayd. 32,5 ming ga. Dangʻara tumanidagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 13 ming qoramol, 16 ming qoʻy-echki, 15 ming parranda boqiladi. 6 sanoat korxonasi, 10 qurilish-taʼmirlash tashkiloti, 2 avtokorxona, 9 savdo va tayyorlov shoxobchasi, boʻrdoqichilik bazalari, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari mavjud. 1997-yilda Soyshildir tikuvchilik fabrikasi, Dangʻara konserva zavodi ishga tushirildi. 330 dan ortiq kichik korxonada turli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Dangʻara tumanida 1 jamoa xoʻjaligi, 5 shirkat mavjud.

Dangʻara tumanidan Toshkent—Oʻsh—Qashqar, Qoʻqon—Xoʻjand, Qoʻqon —Namangan, Qoʻqon—Jomashuy avtomobil yoʻllari oʻtgan. 40 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 2 kollej bor. Dangʻara tumanida 6 madaniyat saroyi, 53 kutubxona, 67 sogʻliqni saqlash muassasasi, 6 kasalxona mavjud. 1941-yildan „Gʻalaba“ tuman gazeta chiqadi (adadi 5496).

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz