Dang‘ara




Dangʻara — Fargʻona viloyatidagi shaharcha (1979-yildan). Dangʻara tumani markazi. Tumanning jan.-sharqida joylashgan. D. nomi "don gʻarami" soʻzidan degan rivoyat bor. D. Qoʻqon sh.dan shim.da, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qoʻqon (8 km). Aholisi 8,8 ming kishi (2000). Konserva zdi, tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, kasalxona, poliklinika, dorixona, madaniyat saroyi, umumiy taʼlim maktablari, litsey, kutubxona, taʼmirlash, qurilish tashkilotlari, savdo shoxobchalari mavjud. D.dan Toshkent — Qoʻqon—Oʻsh—Qashqar avtomobil yoʻli oʻtgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz