DANG’ARA



DANG’ARA — Farg’ona viloyatidagi shaharcha (1979 yildan). Dang’ara tumani markazi. Tumanning Janubi-sharqida joylashgan. Dang’ara nomi “don g’arami” so’zidan degan rivoyat bor. Dang’ara Qo’qon shahridan shimolda, yaqin temir yo’l stantsiyasi — Qo’qon (8 kilometr). Aholisi 8,8 ming kishi (2000). Konserva zavodi, tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, kasalxona, poliklinika, dorixona, madaniyat saroyi, umumiy ta’lim maktablari, lisey, kutubxona, ta’mirlash, qurilish tashkilotlari, savdo shoxobchalari mavjud. Dang’aradan Toshkent — Qo’qon—O’sh— Qashqar avtomobil yo’li o’tgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz