Dangana




Dangana , dangona — 1) oʻtmishda yarim oʻtroq va oʻtroq oʻzbek chorvadorlari oʻrtasida keng tarqalgan urf-odat. Yoz faslida yakka oilada soʻyilgan mol goʻshtini uzoq saqlash qiyin boʻlgan. Shu tufayli D. yozgi yaylovga chiqqan maʼlum bir ovul kishilari oʻrtasida oʻtkazilgan. D. da koʻpincha har bir xonadonda navbat bilan qoʻy soʻyilgan. Soʻyilgan qoʻyning goʻshti, kalla-pochasi katta qozonga solinib shoʻrva pishirilib, har bir qoʻshni chorvador oilaga shoʻrva va goʻsht teng taqsimlangan; 2) sheriklikka biror tirik molni (ot, sigir, tuya va sh. k.) oʻzaro taqsimlash.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz