DANGANA



DANGANA, dangona — 1) o’tmishda yarim o’troq va o’troq o’zbek chorvadorlari o’rtasida keng tarqalgan urf-odat. Yoz faslida yakka oilada so’yilgan mol go’shtini uzoq saqlash qiyin bo’lgan. Shu tufayli Dangana yozgi yaylovga chiqqan ma’lum bir ovul kishilari o’rtasida o’tkazilgan. Danganada ko’pincha har bir xonadonda navbat bilan qo’y so’yilgan. So’yilgan qo’yning go’shti, kalla-pochasi katta qozonga solinib sho’rva pishirilib, har bir qo’shni chorvador oilaga sho’rva va go’sht teng taqsimlangan; 2) sheriklikka biror tirik molni (ot, sigir, tuya va shu kabilar) o’zaro taqsimlash.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz