DANGALNISHIN (forscha) – Turkiston xonliklarida bo’lgan rutba (daraja, unvon). Dangalnishin asosan janglarda qahramonlik ko’rsatgan botirlarga berilgan. Dangalnishin xonning maslahatchilaridan bo’lib, uning suhbat va yig’inlarida qatnashgan, haq gapni xondan va boshqalardan tap tortmay, dangal ayta olgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish