Dandona
Dandona so'zi dehqonchilik asbobi nomi atamasi bo'lib, u fors-tojik tili materialidir. Eski o'zbek tiliga fors-tojik shoirlari asarlari orqali dandona so'zi o'tib o'zlashgan. Bu so'z qadimgi turkiy yozma manbalarda, xattoki XIV asr Xorazm yozma manbalarida ham qayd etilmagan.
Shakllari
Dandona so'zi eski tojik tilida dandona دندانه shaklida kelib, arra, taroq, mola va boshqa predmetlarning tishli, kungirador qismlari ma'nosini bildiradi. Hozirgi Eroniy tillarda: tojik tilida dandona , fors tilida dandane ko'rinishlarida qo'llaniladi.
Yasalishi
Dandona so'zi yasama bo'lib,ot yasovchi affiks vositasida otdan ot turkumiga kiruvchi til birligi yasalgan. Bunda bosh morfema dandon tish ma'nosini bildiradi. So'z yasovchi -a vositasida yasalgan dandona tishli, tishi bor demakdir. Dandon - tish so'zining o'zi ham tarixan yasama bo'lib, u ikki mustaqil so'zdan yasalgan qo'shma so'z bo'lgan. Dandon so'zidan dan elementi hozirgi eroniy tillardagi daxan-daxon og'iz so'zining qisqargan shaklidir.
Manbalar
•Bahrom Bafoyev "Ko'xna so'zlar tarixi" (82-83-betlar) Toshkent O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining „FAN“ nashriyoti 1991
uz.wikipedia.org
Uzpedia.uz