DANDIBOY SAG’ANASI – so’nggi jez davriga mansub sag’ana (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi — 1-ming yillikning boshi). Qarag’anda (Qozog’iston) shahridan 60 kilometr Janubi-g’arbda, Sherboy-nur daryosining o’ng qirg’og’ida joylashgan Dandiboy ovulidan topilgan. Sag’ana murabba shaklli tosh devor bilan o’ralgan bir qancha qabrlardan iborat. Qabrlar ancha chuqurlikda, to’rtburchak shaklda; devorlari xarsang tosh bo’laklaridan tiklangan, usti yog’och g’o’lalar bilan yopilgan. Ulardan qo’lda yasalgan qadahsimon sopol idishlar, paykonlar, suyak tugmalar va tosh qurollarning turli xillari topilgan. Idishlarning sirti silliqlangan, rangi sarg’ish, tirnash usulida geometrik shaklda naqsh solingan. Dandiboy sag’anasi yodgorligi Andronovo madaniyati — Qorasuq madaniyatiga o’tish davri xususiyatlarini aks ettiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish