DANDI
DANDI — Buyuk Britaniyaning shimoli-sharqidagi shahar, Shotlandiyada. Teysand rayonining ma’muriy markazi. Aholisi 167 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oxiri). Shimol dengizning Fert-oftey qo’ltig’idagi port, temir yo’l tuguni. Jut sanoatining yirik markazi. Kemasozlik, elektrotexnika, to’qimachilik mashinasozligi, soatsozlik, elektronika, poligrafiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati va metall quyish korxonalari; universitet bor. 15— 18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz