DANDARIYLAR



DANDARIYLAR — miloddan avvalgi 1-ming yillikda Kubanning quyi havzasi va Azov dengizining Janubiy-Sharqiy qirg’og’ida yashovchi meot qabilalari guruhining eroniycha nomi. Dastlab Gekatey (miloddan avvalgi 6-asr), keyin Strabon, Plutarx tomonidan aytib o’tilgan. Grek yozuvlaridan ham ma’lum. Miloddan avvalgi 4-asrdan Bospor podsholigi tarkibida. Dandariylarning markazi — Coca shahri Dandariylar Jasur yo’lboshchilari Olfak boshchiligida Mitridatning Rimga qarshi kurashida (miloddan avvalgi 74-63) uni qo’llab-quvvatlashgan. Dandariylarning keyingi taqdiri noma’lum. Sarmatlar bilan aralashib ketgan bo’lishlari ehtimoldan xoli emas.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz