Dandanakon




Dandanakon — Marv sh.dan 33 km jan.-sharq (hoz. Toshrabot shaharchasi oʻrni)da oʻrta asrlardan qolgan shahar harobasi. Old Osiyodan Jan.-Sharqiy Osiyoga boradigan qad. savdo yoʻli ustida joylashgan. Arxeologik qazilma va yozma manbalarga qaraganda, D. 9— 11-asrlarda ancha rivojlanib, mustahkam imoratlar va qalin mudofaa devori qurilgan (10-asr). D. yonida 1040-yil 23-mayda Masʼud Gʻaznaviy bilan saljuq sultoni Toʻgʻrulbek oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang tarixda mashhur (qarang Dandanakon jangi). Maqdisiy D.da naqshlar (oʻymakorlik, ganchkorlik) bilan bezatilgan hashamatli binolar borligini yozadi. D. saljuqiylar davlatining tashkil topishida muhim rol oʻynagan. 1158-yilda u oʻgʻuzlar tomonidan vayron qilingach, asta-sekin tashlandiq holga tushib qolgan.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz