DANDANA
DANDANA (fors, dandon) — 1) qadimgi miskarlikda — mis bo’laklarini bir-biriga ulash usuli. Bo’laklar birining kemtiklariga (tishlariga) ikkinchisining kemtiklari kiritilib jipslashtirilgan va kavsharlangan. Bu usul hozir ham qo’llaniladi; 2) temirchilikda — (o’choq) ning dam chiqarib, metallni qizdiradigan joyi (Andijon, Marg’ilonda); 3) me’morlikda — g’ishtlarni qirra qilib terib hosil qilinadigan bezak usuli, kungura. Bu usuldan hovuz va gulzor chekkalarini, binolarning yuqori qismlari (karnizlar) ni bezashda foydalaniladi. Turar joylarda poygoh (oyoq kiyimlari echiladigan maxsus joy) ham Dandana usulida g’isht bilan atrofdan ajratilgan. Devorlar tepasidagi Dandana devorni qor-yomg’irdan himoya qilgan; 4) dehqonchilikda — uzunasiga olinadigan ariqcha. Tishli mola (sixmola) ham Dandana deb ataladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz