DANBURIT
DANBURIT — bor silikatlarining kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Ca[B2Si2O8]. AQShning Danburi koni (Konnektikut shtati) nomidan. Romb singoniyali. Kristallari prizma shaklida. Qattiqligi 7-7,5. Zichligi 3,0 gramm/santimetr kub. Rangi sarg’ish, och jigarrang, qoramtir va rangsiz. Skarnlarda datolit, aksinit, piroksen va granatlar bilan birga, cho’kindi tog’ jinslarida esa dolomit, osh tuzi, gips, angidrit, gidroborasit, kotoitlar bilan birga uchraydi. O’zbekistonda Qurama, olay toglari va Hisor tog’ining Janub etaklarida uchraydi. Qishloq xo’jalikda mikroelementli o’g’it sifatida ishlatiladi. Germaniya (Brandenburg), Shveytsariya, AQSh (Nyu-York shtati), Meksika, Yaponiya, Rossiya (Primore o’lkasi) da topilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz