DANANG



DANANG — Vetnamning Markaziy qismidagi shahar. Kuangnamdanang provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 382,6 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Janubiy Xitoy dengizining Danang buxtasi sohilidagi yirik port (Xoshimindan keyin 2-o’rinda). Transport yo’llari tuguni. Savdo markazi, oziq-ovqat va yengil sanoat, mexanika, kauchuk ishlab chiqarish, plastmassa, qurilish materiallari, ip va ipak gazlama korxonalari, muzey bor. Danang yaqinidan ko’mir va oltin qazib olinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz