DANAKLI MEVA DARAXTLARI
DANAKLI MEVA DARAXTLARI – ra’noguldoshlar (Atirgullilar oilasi) ga mansub, mevasi danakli ko’p yillik o’simliklar. Ularga o’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha (olvoli), gilos, tog’olcha, jiydadoshlardan jiyda va boshqalar kiradi. Danakli meva daraxtlari O’zbekistonning deyarli hamma viloyatlarida bor. Danakli meva daraxtlari urug’li meva daraxtlarita qaraganda ertaroq gullaydi, 3-4 yilda hosilga kiradi, odatda har yili hosil beradi, danagida, masalan, o’rik mag’zida 60% ga qadar yog’ bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz