DAMMAM
DAMMAM — Saudiya Arabistonidagi shahar. Sharqiy viloyatning ma’muriy markazi. Aholisi 600 ming kishidan ziyod. Fors qo’ltig’idagi port. Mamlakatga keltiriladigan yukning 70%i shu port orqali o’tadi. Arriyod — Dammam temir yo’lning oxirgi stansiyasi. Kimyo, po’lat eritish, oyna-shisha, qog’oz, tsement sanoati korxonalari, universitet bor. Baliq ovlanadi. Dammam — Fors qo’ltig’i gaz-neft havzasining gaz-neft koni (1938 yilda ochilgan) markazi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz