DAMLASH
DAMLASH, dimlash — taom pishirishdagi jarayon. Ba’zi taomlar pishgandan so’ng yana ma’lum muddat damlanib me’yoriga etkaziladi. Bunda ovqatli idish bug’ chiqmaydigan qilib jips berkitiladi, yo juda sust olovda yoki qizigan o’choq taptida, yoxud o’choqdan olingan holda dam yediriladi. Masalan, osh Damlash, choy Damlash, va shu kabilar damlanganda masalliq qaynashdan to’xtab, unda erigan turli foydali ne’matlar bir-biri bilan kimyoviy qo’shiladi va yanada lazzatliroq bo’ladi. Issiq ovqatlarning barchasini, hatto suyuq oshlarni ham Damlash tavsiya qilinadi. Issiq somsaning ustiga qalinroq narsa yopib, damlab qo’yilsa, o’z bo’g’i ta’sirida xamiri yumshaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz