DAMDINSUREN TSENDIYN
DAMDINSUREN TSENDIYN (1908.14.9, Sharqiy aymoq — 1986) — mongol yozuvchisi, jamoat arbobi, olim. Mongoliya Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi (1961). Mongoliya Yozuvchilar uyushmasining raisi (1953-58). “Rad etilgan qiz” qissasi (1929) mongol nasrida birinchi yirik asar bo’lib, unda mongol xotin-qizlarining 20-asr boshlaridagi og’ir taqdiri haqida hikoya qilinadi. “Mening sochlari oqargan onaginam” (1934), “G’alati to’y” (1966) kabi asarlar muallifi. Adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy ishlari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz