DAMDAM CHASHMA



DAMDAM CHASHMA — yuqori paleolit va ilk jez davriga oid manzilgoh. Katta Bolxon tog’ining Janub yon bag’ri (Turkmaniston) dagi dara g’orlaridan topilgan. Ikki g’ori o’rganilgan. Ularning har biri bir necha madaniy qatlamdan iborat. 1-g’or (D—I) dan prizma shaklidagi nukleus, chaqmoqlangan tosh bo’laklari, tosh pichoq, bigiz, azil tipidagi qisqich, yo’nuvchi tosh qurol (quyi qismidan) va chaqmoqtosh qurollar, hayvon suyaklari, sopol siniqlari (yuqori qismidan) topilgan. 2-g’or (D-P) 23 madaniy qatlamni o’z ichiga oladi. Eng pastki qatlam laridan faqat tosh qurollar (qisqich, o’roqsimon randa, nukleus, parma, pichoq va pardozlangan qisqichlar) topilgan. Yuqori qatlamlarida mehnat qurollari chiqqan, pardozlangan chaqmoqtosh qurollari va suyak ignalar 4 qavatdan ko’p topilgan. 1— 3-qavatlarda tosh qurollar bilan birga sirti silliqlanib, uch burchakli, o’yma va to’g’ri chiziqli naqshlar solingan sopol idishlar ham uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz