Damat Rustam posho




Damat Rustam posho (turk tilida - Damat Rüstem Paşa; Usmonli xonadoniga kuyov boʻlganlar “Damat” deyilgan) 1500—1561) — Usmonlilar imperiyasining 35- va 37-Bosh vaziri, hukmdor Sulaymon I Qonuniyning kuyovi.

Biografiyasi



Damat Rustam posho Sarayevodagi Opukovichlar oilasidan ekanligi aytiladi. Ammo baʼzi tarixchilar uni Skradinalik xorvat deydilar, shuningdek, alban ekanligi ham aytiladi. 1557 va 1561-yilgi hujjatlarda uni otasining ismi Abdurrahmon deyilgan. Ikki nafar ukasi va singlisi bor. Ukasi Sinon bilan birga Istanbulga kelib, Enderunda tahsil oladi. 1526-yil i Mohachi jangida silohdor (podshoh qurolbardori) sifatida qatnashadi. Birozdan soʻng miroxurlikka tayinlanadi. 1533-yili Tekka sanjoqbeyi, keyinroq Diyorbakirda va Anatoliyada beklarbegi boʻladi. 1539-yili Sulton Sulaymon I Qonuniyning qizi Mehrimoh Sultonga uylanadi. 1541-yili devon vaziri boʻladi va 1544-yilda Bosh vazir (Vaziri Aʼzam) etib tayinlanadi. 1553-yilda Shahzoda Mustafo qatl qildiriladi. Yanicharlar bunda Rustam poshoni ayblaydilar va natijada u lavozimidan boʻshatiladi. Uning oʻrniga Qora Ahmad poshoni tayinlaydi. 1555-yilda Hurram Sulton yordami bilan Damat Rustam posho qaytib keladi va Qora Ahmadni poraxoʻrlikda ayblab, Sulaymon I tomonidan qatl qildirilishiga erishadi.. Shunday qilib Rustam vaziri aʼzamlikka qaytadi. 1561-yilda vafot etadi. Xoja Sinon tomonidan barpo qilingan Shahzoda masjidiga dafn qilingan.

Kinoda




Manbalar




Yana qarang



Pargalı Ibrohim Posho

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz