Damashq qamali




Damashq qamali 1400-yilda Temuriylar imperiyasi va Misr Mamluklari oʻrtasida kelib chiqqan boʻlib, ushbu 2 davlatning oʻzaro urushi davridagi hal qiluvchi ahamiyatga ega qamal hisoblanadi. Turli xil manbalarda koʻra ushbu qamal haqida har xil rivoyatlar mavjud. Ulardan eng mashxuriga koʻra, qamaldan soʻng Mamluklar sultoni An-Nasr Faraj uzur soʻrash maqsadida imomlarni Amir Temur huzuriga yuboradi. Biroq, Temur ularni (tahminan 30 mingdan ortiq aholini) masjid ichida yoqib yuboradi.

Temuriylar imperiyasi va Mamluklar davlati oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1385-yilda oʻrnatilgan boʻlib, ushbu vaqt davomida Mamluklar davlati sultonlari Amir Temur bilan oʻzaro munosabatlarda oʻzlarining dushmanlik alomatlarini yaqqol namoyish qildi hamda Amir Temurga qarshi kurashish uchun Usmonlilar imperiyasi va Sivas qirolligi bilan harbiy ittifoq tuzishga harakat qildi. Buning natijasida Mamluklar davlati va Temuriylar imperiyasi oʻrtasida urush yuzaga keldi. Urush natijasiga koʻra Mamluklar davlati Mustamlakachi davlatdan vassal davlatga aylandi.

Boshlanish sabablari



Temur Chingizxondan keyingi Markaziy Osiyo dagi hukmdorlardan biri edi. Uzoq va tinimsiz kurashlar orqali u Moʻgʻullar imperiyasini qayta tiklashga intildi.

Suriya shaharlariga hujum qilishdan avval Temur Damashqqa elchi yuborgan va u shaharning Mamluk noibi Sudun tomonidan qatl etilgan. 1400-yilda Misrning mamluk sultoni Nosir-ad-Din Faraj bilan urush boshlab, Mamluklarning Suriyadagi hududlariga bostirib kiradi. Temur qoʻshinlari 1400-yil noyabrida Halabni egalladi U shahar tashqarisida 20 000 bosh suyagidan iborat minora qurishni buyurib, koʻplab aholini qirgʻin qildi. Halabni egallagandan soʻng, Temur oʻz yurishini davom ettirdi va u erda Xamani, yaqin atrofdagi Homs va Baalbek bilan birga Damashqni qamal qildi.

Qamal



Mamluk sultoni Nosir-ad-Din Faraj boshchiligidagi qoʻshin Damashq tashqarisida Temur tomonidan magʻlubiyatga uchratildi va Temurning rahm-shafqatiga koʻra shaharni tark etdi. Qoʻshini magʻlubiyatga uchragach, Mamluk sultoni Qohiradan Ibn Xaldun bilan muzokaralar olib borish uchun bir vakil yubordi, biroq ular olib chiqib ketilgach, shaharni talon-toroj qildi.

Mustaqil guvohlar tomonidan tasdiqlangan, ayniqsa ayanchli voqealardan biri mashhur Umaviylar masjidi va boshqa koʻplab binolarning yoqib yuborilishi edi. Taniqli imomlar va diniy ruhoniylar Temur huzuriga borib, Alloh nomidan shafqat so‘radilar. Temur ularni ayollari va bolalari bilan masjidlarda boshpana topishlariga ishontirdi. Shunday qilib, ular 30 000 dan ortiq kishini tashkil qilganda; eshiklarni qulflab, tiriklayin yoqib yubordi.

Natija



Damashq qoʻlga kiritilgandan soʻng, Temur imperiyasi endi mintaqada paydo boʻlgan yana bir kuch — Usmonli imperiyasi bilan chegaradosh edi. Temur keyinchalik Anqara jangi Usmonli sultoni Boyazidni magʻlub etish uchun ketadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz