DAMASHQ PO’LATI
DAMASHQ PO’LATI — yuqori sifatli guldor quyma po’lat. O’rta asrlarda asosan qilich yasashda ishlatilgan. Yoruqqa solib qaralganda “xol tashlab” tovlanib turadi. Suriyadagi Damashq shahri nomidan kelib chiqqan, chunki shu yerda bunday po’lat ishlab chiqarish rivojlangan edi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz