DAMASHQ PODSHOLIGI



DAMASHQ PODSHOLIGI – Suriyadagi qadimgi davlat. Ossuriya-Bobil va Misr manbalari hamda Bibliyada ko’proq tilga olingan. Damashq podsholigini miloddan avvalgi 11 — 10-asr boshlarida oromiylar tuzgan. Miloddan avvalgi 10-asr boshlarida Isroil podsholigiga bo’ysungan, keyinchalik mustaqil bo’lib ajralib chiqqan. Shoh Tabrimmon va Ben-adad I (miloddan avvalgi 914-880) davrida Suriya (Shom), Falastinni ham o’ziga qaratib olgan. Damashq podsholigi bir necha davlatlardan iborat ittifoqqa rahbarlik qilgan. Shoh G’azail (miloddan avvalgi 844-804) davrida Damashq podsholigi Ossuriyaga boj to’lab turgan. Miloddan avvalgi 8-asrda Damashq podsholigi qudratli davlatga aylangan. Bu vaqtda unga Suriyadagi 17 podsholik bo’ysungan, ossuriyaliklar hujumiga bardosh bera olgan. Lekin ichki ziddiyatlar va qo’shni davlatlarning hujumlari tufayli Damashq podsholigi Ossuriya davlatining viloyatiga aylanib qolgan (miloddan avvalgi 732).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz