DAMANXUR
DAMANXUR — MAP dagi shahar. Mamlakatning shimolda, Nil daryosi deltasida, Iskandariya shahridan 50 kilometr Janubda joylashgan. Buhayra muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 212,2 ming kishi (1996). Muhim temir yo’l, avtomobil va suv yo’llari tuguni. Savdohunarmandchilik, oziq-ovqat va yengil sanoat markazlaridan. To’qimachilik sanoati korxonalari, yog’ zavodlari, paxta tozalash, gugurt, gilam to’qish fabrikalari, teatr bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz