Damanlar




Damanlar , jiryaklar (Nugacoidea) — yoʻldoshli sut emizuvchilar turkumi. Tanasining uz. 30—60 sm vazni 1,5—4,5 kg . Tashqi koʻrinishi kemiruvchilarga oʻxshasada, filogenetik jihatdan hartumlilarga yaqinroq. Ustki labi ayri, oldingi oyoqlari 4, keyingi oyoklari 3 barmoqli boʻlib, tuyoqsimon tirnoqlar bilan qoplangan. Oldingi kurak tishlarining orqa tomonida emali boʻlmaydi va doim oʻsib turadi. Hoz. D. bitta oilaga mansub boʻlgan 2—3 urugʻ (7—12 tur)dan iborat. Afrikada va Osiyoda (Arabiston yarim orolidan Suriyagacha) tarqalgan. Oʻrmonlarda yakka-yakka va togʻlarda 4,5 ming m gacha balandlikda koloniya boʻlib yashaydi. Yerda yoki daraxtda hayot kechiradigan serharakat, asosan, oʻtxoʻr hayvonlar. Yilda bir marta 1—3 tadan bolalaydi. Goʻshti uchun ovlanadi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz