Daman tumani (Qandahor)





Daman tumani Afgʻonistonning Qandahor viloyatining markaziy qismida joylashgan. Gʻarbda Panjvay va Qandahor tumanlari, shimolda Shah Wali Kot tumani, shimoli-sharqda Zobul viloyati, sharqda Argʻiston va Spin Boldak tumanlari va janubda Regtumani bilan chegaradosh. Aholisi 30700 nafar (2006). Markazi — Damanqishlogʻi, tumanning markaziy qismida joylashgan. Hudud Hilmand va Argʻandab vodiysi maʼmuriyati tomonidan sugʻoriladi.

Qandahor xalqaro aeroporti tumanning markaziy qismida, Daman shahridan janubi-g'arbiy tomonda joylashgan. Aytish joizki, ayni paytda tuman USAID va CIDA tomonidan diqqat markazida bo'lib, yuzlab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Qishloqlar



1. Dayi

2. Landay Kalli

3. Naway Deh

4. Byaban Dara

5. Bashar Kalli

6. Saidano Kalacha

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz