Damad Hasan Posho
Damat Hasan Posho - (turkcha: Moralı Damat Hasan Paşa ? - 1713, may) - Usmonlilar davlati arbobi, Usmonlilar imperiyasining buyuk vaziri (1703-yil,16-noyabr - 1704-yil, 28-sentyabr).
Tarjimayi holi
Kelib chiqishiga ko`ra - yunon. Peloponnesning Tripolis shahrida tug'ilgan (Morea eyalet). Devshirme tizimi ostida u islomni qabul qilgan. Enderun maktabida tahsil oladi.
1684-yilda u qurol ustasi lavozimini egalladi. 1687-yilning noyabr oyida Morali Hasan Posho Misr eyaletiga gubernator etib yuboriladi. U erda vazir etib tayinlangan. 1690-yilda u lavozimidan ozod qilinadi. 1690-yildan keyin Bursa va Izmit shaharlarining mutasarriflik lavozimlarida ishlagan. 1696-yilda Suriyada Aleppo gubernatori, 1697-yilda esa Koniya gubernatori etib tayinlangan. Keyin u yangi topshiriqlarga bormagan, lekin katta vazir Husayn Posho Koprülü boshchiligidagi Usmonli qo'shinining Vengriya ekspeditsiyasida qatnashgan. 1698-yilda yurishdan qaytgach, u egallab turgan lavozimidan ozod qilinib ikkinchi vazir mansabiga sazovor bo'ladi.
1691-yilda Morali Hasan Posho Usmonli malikasi Xadicha Sultonga (1658/1662 - 1743) uylanadi. U Sulton Mehmed IV ning to'ng'ich qizi va bo'lajak Sulton Ahmad III ning singlisi edi. Ularning ikki o'g'li va bir qizi bor edi. Morali Hasan Posho malikaga uylanganidan keyin “Damat” (sultonning kuyovi) laqabini olgan.
1703-yil, 17-noyabrda vazir Ahmad posho iste’foga chiqqanidan so‘ng Sulton Ahmad III Morali Damat Hasan Poshoni yangi bosh vaziri etib tayinladi. U Ahmadning hokimiyatini dahlsizligini ta'minlash uchun juda ko`p harakat qiladi, isyonchilarning rahbarlarini yo'qotadi. U ko'rgan ancha qattiq ma'muriy choralarga qaramay, Istanbuldagi davlat hokimiyati va jamoat faolligiga 1704-yildagina erishildi.
1704-yil, 28-sentabrda Morali Damat Hasan Posho bosh vazir lavozimidan ozod qilinib rafiqasi Hadicha Sulton bilan birga Izmitga surgun qilinadi. Lekin tez orada kechirildi va xotini bilan Istanbulga qaytib keldi. 1707-yilning avgustida u ikkinchi marta Misr Eyaletining gubernatori etib tayinlandi. 1708-yilning kuzida Morali Damat Hasan Posho Tripoli gubernatori lavozimini egalladi. 1712-yilda esa Anadolu va Rakka gubernatori bo`ladi.
Morali Damat Hasan Posho 1713-yilning may oyida Raqqa(Rakka)da boshlangan vabo tufayli vafot etadi.
Eslatmalar
Manbalar
uz.wikipedia.org