Dam olish huquqi




Dam olish huquqi  — xodimning asosiy mehnat huquqlaridan biri. OʻzR Kons.sining 38-m.sida fuqarolarning Dam olish huquqi mustahkamlangan. Unga koʻra: " Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar Dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining muddati qonun bilan belgilanadi.
Dam olish b-n bogʻliq mehnat — huquqiy munosabatlar OʻzR MK b-n tartibga solinadi. OʻzR MKga muvofik, dam olish vaqti xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi boʻlgan va bundan u oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanishi mumkin boʻlgan vaqtdir. Ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) boshlanishi oʻrtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati oʻn ikki soatdan kam boʻlishi mumkin emas. Barcha xodimlarga dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish) beriladi. Besh kunlik ish haftasida xodimlarga haftada ikki dam olish kuni, olti kunlik ish haftasida esa bir dam olish kuni beriladi.
Umumiy dam olish kuni yakshanbadir. Dam olish kunlarida ishlatish taqiqlanadi. Ish beruvchining farmoyishi boʻyicha ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida xollardagina, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi b-n kelishib belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Barcha xodimlarga, shu jumladan oʻrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha ish xaqi saqlangan holda yillik mehnat taʼtillari beriladi. Xodimlarga oʻn besh ish kunidan kam boʻlmagan muddat b — n yillik asosiy taʼtil beriladi[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz