Dalvarzintepa xazinasi
Dalvarzintepa xazinasi — Dalvarzintepa shahristoni (Surxondaryo) dan topilgan xazina. Oʻzbekistan sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan (1972). D. x. — 2 baldoqli sopol koʻzacha (yarim metr chuqurlikda ogʻirligi 36 kg) dagi har xil oltin buyumlardan iborat. Oltin buyumlar soni 115 ta, ular yombilar, bilaguzuklar, oltin shodalar va b. taqinchoklardir. Xazina podsho amaldorlari, boylarga har xil taqinchoklar tayyorlab beradigan zargarga tegishli boʻlsa kerak. Chunki baʼzi taqinchoklar juda ogʻir, hatto bitta bilaguzuk 872 g sof oltindan iborat. Ayniqsa nozik did bilan ishlangan turli shakldagi bilaguzuk va ziraklar, qizgʻish rangli qimmatbaho toshga oʻyib ishlangan, erkak tasviri tushirilgan boʻyin taqinchogʻi, tilla ipchalardan toʻqilgan va 5 qator tizilgan shoda diqqatga sazovordir. Oltin shoda taqiladigan qismining ikkala tomoniga 10 tadan ortiq feruza va yoqut toshlar qadalgan. Xazinadagi toʻgʻri burchak shaklida tayyorlangan yombilar katta ilmiy ahamiyatga ega. Ularning jami 21 ta, ammo 10 tasida qad. kharoshti yozuvi bitilgan. D. x. paleografik jihatdan mil. 1-asrga toʻgʻri keladi. D. x.ning eng qimmatli tomoni uning antik dunyo davr sanʼati qatorida tutgan oʻrnidir. Garchi D. x.dagi ayrim taqinchoqlar Afgoniston, Hindiston, Pokistondagi taqinchoqlarga oʻxshab ketsada, ammo ularning Shim. Baqtriya, yaʼni hozirgi Oʻzbekistonningjan. hududlarida yashagan qoʻli gul ustalar tomonidan tayyorlanganligi shubhasizdir. D. x. topilmasi ajdodlarimizning qoʻshni xalqlar va mamlakatlar bilan qadimdan savdosotiq va madaniy aloqada boʻlganligidan darak beradi.
Adabiyot
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Dalvarzintepa xazinasi — bu O‘zbekiston hududida qadimiy davrlarga oid noyob arkeologik topilma. Dalvarzintepa (yoki Dalvarzintepa) qadimiy shahar qoldiqlari joylashgan joy bo‘lib, u asosan bronza davriga oid arxeologik qazishmalar bilan mashhur.
Dalvarzintepa xazinasi ko‘pincha yadro ko‘chmas og‘ir davrlarning moddiy madaniyatini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Bu hududda qadimgi aholi tomonidan ishlatilgan turli ashyolar, jumladan, zargarlik buyumlari, qurol-yarog‘lar, keramika buyumlari va boshqa kundalik hayotda ishlatilgan predmetlar topilgan.
Ayniqsa, Dalvarzintepa xazinasi O‘rta Osiyo bronza davri madaniyatining rivojlanishini va uning xalqaro savdo-sotiq aloqalaridagi o‘rnini tushunishga katta yordam beradi. Ushbu xazina orqali o‘sha davrda yashagan odamlarning madaniy hayoti, diniy e'tiqodlari va ijtimoiy tuzilmasi haqida ko‘p ma'lumot olish mumkin.
Dalvarzintepa xazinasi O‘zbekistonning tarixiy merosini o‘rganishda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, u nafaqat mahalliy, balki xalqaro arxeologiya va tarix fanlari uchun ham katta qimmatga ega. Bu topilmalar orqali qadimiy Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati va rivojlanish tarixi yanada yoritilib, odamlarning qadimgi davrlarda qanday yashaganliklari haqidagi bilimlarimiz boyiydi.