DALVARZIN CHO’LI
DALVARZIN CHO’LI – Toshkent viloyatidagi cho’l, Sirdaryoning o’rta oqimi sohili bilan Mo’g’ultog’ va Oltintepa tog’lari etaklari oralig’ida joylashgan. Relefi gil va qumlardan tarkib topgan past-baland tekislikdan iborat. Yanvarning o’rtacha temperturasi -1°, iyulniki 30°. Sovuq bulmaydigan kunlar 210 kun. Dalvarzin cho’lining nam o’tloq tuprog’ida chirindi ko’p. Markaziy qismi och tusli kashtan tuproqdan iborat. Qum, sho’rxok va shag’alli yerlar ham uchraydi. Shimoliy va Sharqiy qismidagi tog’oldi Kakayalar S nasos stantsiyalari “—g gidrouzellar qiya tekisliklarining tuprog’i serunum bo’z tuproq. Dalvarzin cho’li bahorda boshokli har xil o’simliklar, jumladan rango’t, qo’ng’irbosh bilan qoplanadi. Ushbu hududda Sirdaryoning o’ng qirg’og’idan boshlab Sharq tomon 4 ta akkumulyativ terrasa mavjud bo’lib, balandligi 350 metrdan 275 metrgacha o’zgaradi. 4-terrasa eng qadimgi bo’lib, Janubda yuqori Dalvarzin kanalining bosh qismida ayrim joylardagina qoldiq holda uchraydi, 3-terrasasi kata hududni eg’allaydi, uning eni Janubda 16 kilometr, Sharqiy chegarasi Dalvarzin kapali o’zani bo’ylab yo’nalgan. U shimoliy tomon davom etib, chanoq qishlog’i yaqinida Ohangaron daryosining 3-terrasasi bilan tutashadi. 3-terrasa quyida joylashgan 2-terrasadan balandligi 10-15 metr bo’lgan qiyalik bilan aniq ajralib turadi. 3-terrasaning yuzasi tekis bo’lib, daryo tomon bir oz qiyaroq. Shimolda tekislik qum tepalari, qum marzalari hamda botiqlar bilan murakkablashgan. 2-terrasa cho’lning shimoli g’arbida yaxshi ifodalangan, eni 14 kilometr. Yuzasi tekisroq, shuningdek, daryoning taqasimon qoldiq o’zanlari uchraydi. Ularning ba’zilari hozir ko’l. 1-terrasa kambar (1,5—2 kilometr), Daryo o’zani bo’ylab joylashgan, yuzasi to’lqinsimon tekislikdan iborat. Terrasalar qalin lyoss, qumoq, qumloq, shag’al tosh va qumning o’zaro aralashmasidan tuzilgan. Dag’al jinslarning qalinligi 50-60 metr. Terrasalarda yotqiziqlarning litologik tarkibi vodiy bo’ylab Janubdan shimoliy tomon o’zgarib, qumloq, qumoq va gilning salmog’i ortib boradi. Shu sababli grunt suvlarining sathi ham Janubda 10 metr dan shimolda 1-2 metrgacha (Dalvarzin ko’li va botqoqliklarda). Quyi terrasalarda funt suvlari sathi asosan 1-2 metrda joylashgan. Suvning minerallashuv darajasi ham Janubdan shim. tomon ortib boradi (har litrda 1-3 grammdan 10-12 grammgacha va undan ortiq). Dalvarzin cho’lining asosiy qismi o’zlashtirilib, dehqonchilikda foydalanilmoqda. O’rto’qli va qumli tashlama kollektorlari zovur suvlarini yig’ib Sirdaryoga tashlaydi. Yuqori terrasalarda sug’oriladigan bo’z, bo’z-o’tloq va o’tloqbo’z, quyi terrasalarda esa sug’oriladigan o’tloq, ayrim joylarda botqoq (Sirdaryo bo’ylarida) tuproqlar mavjud. Tuproklarning grunt suvlarini yer yuziga yaqin bo’lgan joylarida sho’rlanish yuqori. Asom Rafiqov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz