Dalshe deystvovat budem mi




Dalshe deystvovat budem mi “ (ruscha: Дальше действовать будем мы, yaʼni „Bundan nari biz chora koʻramiz“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1988-yil eʼlon qilingan „Gruppa krovi“ studiyaviy albomiga oʻninchi trek oʻlaroq kiritilgan.

„Dalshe deystvovat budem mi“ qoʻshigʻi „Gruppa krovi“ albomga kiritilgan qoʻshiqlar orasida birinchilardan boʻlib yozilgan. Qoʻshiq 1986-yilning 1-iyunida, Leningrad rok-klubining IV festivalida ilk bor ijro etilgan. Ilk ijro davomida guruhning toʻrt aʼzosi bilan bir qatorda rassom Sergey Bugayev baraban, Dmitriy Pavlov esa sintezator chalgan. Guruh barabanchisi Guryanov festivaldagi ijro haqida soʻzlar ekan, Bugayev barabanlarni yaxshi chala olmaganini, ammo oʻzi buni toʻgʻrilab yuborganini aytgan. Mustaqil „Roksi“ jurnalida ashulaning ilk ijrosi muvaffaqiyatsiz boʻlgani haqida maqola chop etilgan.

Qoʻshiq rejissor Rashid Nugmanovning „Yya-xxa“ (1986) hamda Sergey Lisinkoning „Konets kanikul“ (1986) filmlarida qoʻllanilgan. 2010-yilda qoʻshiq „Igla Remix“ filmi saundtrekiga kiritilgan. Yangi versiyani yozib olishda „Kino“ guruhi aʼzolari gitarachi Yuriy Kasparyan, bas-gitarachi Igor Tixomirov hamda barabanchi Georgiy Guryanovlar ishtirok etgan.

2011-yilning aprelida bankir Oleg Tinkov qoʻshiqqa cheksiz boʻlmagan huquqni qoʻlga kiritgani maʼlum boʻlgan. „Tinkoff“ banki „Dalshe deystvovat budem mi“ qoʻshigʻini oʻz shioriga aylantirgan.

Jamoa




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz