Dalolatnoma




Dalolatnoma — muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma yuridik hujjat.

Dalolatnomalar:

Notarial dalolatnomalar



Qonunda koʻzda tutilgan tartibda tuzilgan, muayyan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan turli hujjatlar ham (mas., fuqarolik holati hujjatlari) dalolatnoma deb ataladi. Dalolatnomaning yana bir turi notariat ishlarda foydalanaluvchi dalolatnomalardir. Bu dalolatnomalarda hodisa (savdo almashinuv, jinoiy yoki boshqa hodisalar) asosida amalga oshiriladi. Bu dalolatnomalarda vaqt yani sana oy yil, kamida 2 nafar ishtirokchilar yani guvohlarning ism familyasi soʻroq davomida berilgan koʻrsatmalari aynan keltirilgan imzolangan holda keltiriladi, keltirilgan korsatmalar asosida tekshiruvlar korsatuvlar amalga oshiriladi. Bu dalolatnomalarni tuzish va qonuniy asosda amalga oshirilishi tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining tegishli moddasida quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerakligi koʻrsatilgan:

Mazkur dalolatnomalar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (Fuqarolar yigʻini)da yuritiladi.

Qonuniy aktlar



Qonunda nazarda tutilgan tartibda tuzilgan hamda muayyan yuridik oqibatlarni yuzaga keltiruvchi turli xil boshqa hujjatlar ham dalolatnoma hisoblanadi. Ular muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogʻliq biron-bir boʻlib oʻtgan (sodir boʻlgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuziladi. Bunday dalolatnomalar deyarli barcha hollarda pul mablagʻlari va moddiy boyliklarga bogʻliq boʻladi, binobarin ular koʻproq tadbirkorlik, moliya-xoʻjalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qoʻllanadi.

Ular:

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz