Dallas (TX)
Dallas — AQSH janubidagi shahar, Texas shtatida. Triniti daryosi boʻyida. Aholisi 1188 ming kishi (2000). AQSHning paxtachilik va chorvachilik rayonlari chegarasida joylashgan. Transport yoʻllarining muhim tuguni. AQSH janubidagi yirik savdo-moliya va neftgaz sanoati markazi. Dallasda neft sanoati va paxta tozalash korxonalari uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Neftni qayta ishlovchi, kimyo (sovun, sintetik kir yuvish vositalari i. ch.), oziq-ovqat, paxta tozalash, ip gazlama, tikuvchilik korxonalari bor. Samolyotsozlik, avtomobilsozlik, radioelektronika, aviaraketa sanoati, dvigatellar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, sovitkichlar i. ch. rivojlangan. D.— yirik paxta bozori. Universitet (1911), xalqaro aeroport, muzey va teatrlar bor. D.ga 1841 yilda asos solingan. 1856 yildan shahar. Dallasda 1963 yil 22 noyabrda AQSH prezidenti Jon F. Kennediga suiqasd uyushtirilgan.
Aholisi
1,197,816 (9thU.S.) nafar aholi istiqomat qiladi (2010 ). Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1358,2 nafar kishi.
Geografiyasi
Maydoni — 999,3 km. Shundan 881,9 km quruqlik, 117,4 km esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 131 m balandlikda joylashgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org