Dalillarni aloqadorligi,maqbulligi va ishonchliligi




Dalillarni aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi  — sud tomonidan isbotlashning tegishli xususiyatlari b-n tasdiqlangan ish uchun ahamiyatli dalillar va xolatlar qabul qilinadi degani. Dalillarni aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi qoidalarining buzilishi dalillarning toʻliq boʻlmasligiga yoki ishga dahli boʻlmagan dalillar toʻplanishiga olib keladi. Qonunda bu umumiy koʻrinishda ifoda etilgan. Muayyan dalillar bilan aniqlanadigan konkret holatlar fuqarolik huquqining moddiy normalari b-n koʻzda tutilgan.

Dalillarning aloqadorligi — bu dalilning oʻz mazmuni bilan ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash vositasi sifatida xizmat qila olishidir, boshqacha aytganda, aloqadorlik — dalillarning mazmunan yaroqliligidir. Dalillarning maqbulligi esa dalillarning shakl jihatidan yaroqliligidir. Dalillarning ishonchliligi deganda, tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan, haqqoniyligi shubha tugʻdirmaydigan dalillar tushuniladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha xolatlarni sinchkovlik b-n, toʻla, har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib, oʻzlarining ichki ishonchlari boʻyicha dalillarga baho beradilar. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.

Dalillar jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb eʼtirof etiladi. Dalillar belgilangan tartibda toʻplangan va OʻzR JPKning 92-94-m.larida nazarda tutilgan shartlarga muvofik boʻlsagina, ular maqbul deb eʼtirof etiladi, yaʼni tergov harakatlari ishtirokchilarining, shuningdek sud muhokamasidagi taraflarni qayd etish toʻgʻriligini tasdiqlash boʻyicha harakatlar jarayoni va natijalari aks ettirilgan bayonnoma bilan tanishish, xuddi shuningdek bayonnomaga qoʻshimcha va tuzatishlar kiritish huquqlari taʼ minlanishi kerak.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz