DAL VLADIMIR IVANOVICH



DAL VLADIMIR IVANOVICH [adabiy taxallusi — kazak Luganskiy; 1801.10 (22).11, Lugansk shahri— 1872.22.9(4.10), Moskva] — rus leksikografi, etnograf va yozuvchi. Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1838), faxriy akademik (1863). Derpt (hozirgi Tartu) universiteti tibbiyot fakultetini tugatgan (1829). Asosiy asari — “Jonli velikorus tilining izohli lug’ati” (1-4 jildlar; 1863-66) 200 mingga yaqin so’zni o’z ichiga olgan. Dal birinchi bo’lib rus tili shevalarini tasnifladi (“Rus tili lahjalari haqida”, 1852). “Rus xalqi maqollari”ni to’plab nashr etdi (1861— 62). Unda 30 mingdan ortiq maqol, matal va qochirim gaplar jamlangan. Bulardan tashqari, Dal qissa, hikoya, ocherk va ertaklar muallifi. As: Polnoe sobr. soch., t. 1 — 10, Sankt-Peterburg, 1897-98; Tolkoviy slovar jivogo velikorusskogo yazika, t. 1-4, M., 1981; Poslovisi russkogo naroda, M, 1957.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz