DAKOTA
DAKOTA (o’zlarini shunday ataydilar), dakotasiu — AQSh va Kanadadagi SIU guruhiga mansub indeys xalqi (Janub va shimol Dakota, Minnesota va Nebraska Shtatlaridagi rezervasiyalarda yashaydi. AQShda — 10 ming kishi, Kanadada — 3 ming kishi. Dindorlari — asosan, xristianlar (protestantlar va katoliklar), an’anaviy diniy e’tiqodlar ham mavjud. Xokasiu til oilasiga mansub Dakota tilida so’zlashadi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, Dakota tili turkiy tillarga qardosh bo’lgan. Masalan, turkiy tillardagi “ichuv”, “ichmoq” — icu, yutuv, “yutmoq” Dakota qabilasining totem belgisi — ajdarho. — Yuta, “esh” (biror ishda esh, sherik bo’lmoq) — ichi, “men” — “mi”, “ikki” — ik va boshqalar. Dakota qabilasining totem belgisi — ajdarho surati hozirgi Qozon shahrining gerbi bilan aynan bir xil bo’lib, undan tashqari u Volga bulg’orlari zarb etgan tangalarda aks etgan. Shuningdek, u ramz sifatida qadimgi turkiy xalqlar, jumladan, O’rta Osiyodagi turkiy xalqlar orasida ham ma’lum bo’lgan. Dakotalarning hunlarga aloqador bo’lishi mumkinligi haqida L.N. Gumilyov ham fikr bildirgan. Ad.: Karimullin A. G., Prototyurki i indeytsi Ameriki. Po sledam odnoy gipotezi, M., 1995.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz