DAJBOG



DAJBOG — rus-slavyan mifologiyasida Quyosh va o’t-olov ma’budi, Svarog o’g’li (shundan Dajbogning boshqa ismi — Svarojich olingan). Rus yilnomalarida juda ko’p marta (birinchi marta 980 yilda, Knyaz Vladimir Kiyevda ma’budlarga, jumladan Dajbogga sajdagohlar qurgan paytda) qayd etilgan. Yilnomaga ko’ra Dajbog qadimgi turkiylarning quyosh tangrisi Xorsu bilan aynan tenglashtirilgan. Dajbogning etimologiyasi to’g’risida turli xil talqinlar mavjud. Ba’zi fikrlarga ko’ra u gotlarning “dag” (“kun”), slavyanlarning “Dojd” va “dajb” (ya’ni issiqlik va ne’matlar beruvchi ma’bud) so’zlaridan olingan. F. Dadamuhamedov yasagan “bozband” to’plami (1993). “Igor polki jangnomasi”da rus xalqi “Dajbogning nabirasi” deb nomlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz