DAHLIZ — me’morlikda turar joy va mehmonxonalarga tutash qurilgan qo’shimcha xona. Asosan, 3,5 metrli, bolor (to’sin)li kichik xona bo’lib, ko’pincha, bir xona yoniga yoki ikki xona o’rtasiga kuriladi, shu xonalarga Dahliz orqali kiriladi. Uch, to’rt xonani boglovchi, ikki yonida va kirish eshigining qarshi tomonida ichki eshiklarga ega bo’lgan Dahlizlar uchraydi. Dahlizlarda poyabzal, ustki kiyimlar yechib qo’yiladi. Dahliz ichki xonalarga sovuq yoki issiq havo kirishiga ham ma’lum darajada to’sqinlik qiladi. Dahliz Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish