DAHKAT



DAHKAT, Dukenttepa — o’rta asr shahar xarobasi (6-16-asrlar). Ohangaron daryosi irmog’i Dukentsoyning o’ng qirg’og’ida, Angren shahridan taxminan 8 kilometr shimoldagi Dukent qishlog’ida joylashgan. Dahkat oltin va kumush konlariga boriladigan yo’l yoqasidagi mustahkam qal’a-shahar hisoblangan. Sharq manbalari (masalan, “Hudud ul-olam”, 10-asr) da yozilishicha, Dahkat Shoshning obod shaharlaridan sanalgan, Dahkat xarobasini 1958 yil arxeolog V. D. Jukov tekshirib, kumush tangalar topgan. Yu. F. Buryakov arxeologik qazish va kuzatuv ishlari olib borgan (1959, 1960, 1966), Dahkat Ark (maydoni 0,5 gektar) va Shahriston (maydoni 7,5 gektar) dan iborat bo’lgan. Arkning balandligi 6— 8 metr. Ilk o’rta asrga oid sargish, och qizil rang bilan bo’yalgan sopol (Mingo’rik topilmalariga o’xshash), shisha buyumlar, yorg’uchoqlar, burama kumush bilaguzuklar (10— 12-asrlar), kumush va mis tanga xazinalari (11 — 12; 13— 16-asrlar) topilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz