DAHBEDI



DAHBEDI — qovunning ertapishar navi. Shakli tuxumsimon, dum tomoni to’mtoq, uzunligi 15-25 santimetr, og’irligi 1,7—3 kilogramm. Sirti tekis, serto’r. Tusi och yashil. Po’stining qalinligi o’rtacha. Etining qalinligi 3,5—4,5 santimetr, och yashil, kuvrak, xushxo’r, tarkibida 8-10,5% qand, shu jumladan 5,4—6,7% saxaroza bor. Urug’xonasining yarmini urug’donlar egallaydi. Urug’i ekilganidan keyin 70-75 kunda pishadi. Hosildorligi 250-300 tsentner/gektar. Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ekiladi. D.dan qovun-qoki ham solinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz