DAHBED



DAHBED — Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi shaharcha (1978 yildan). Dahbed Miyonqolning sharqida, Oqdaryoning chap sohilida joylashgan. Dahbed nomi forscha dax — o’n, bed — toldan deb talqin qilinadi. Dahbed yaqin temir yo’l stantsiyasi — Zarafshondan 9 kilometr. Aholisi 7400 kishi (2000). Paxta qabul qilish punkti, MTP, xususiy tikuvchilik korxonasi, mexanizasiyalashgan ko’chma qurilish korxonasi bor. Dahbedni katta O’zbekiston trakti kesib o’tgan. Dahbedda tarixiy obidalardan Maxdumi A’zam majmuasi (16-asr; 1996-98 yillarda ta’mirlangan) saqlangan. 2 umumiy ta’lim maktabi, Samarqand mexanika iqtisodiyot kolleji, kasb-hunar maktabi, 2 kutubxona, madaniyat markazi mavjud.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz