DAHANDAM
DAHANDAM, pudagich (forscha) — puflab dam beradigan naysimon asbob. Ikki xil bo’ladi: 1) to’g’ri Dahandam bilan ko’ra (o’choq) alangasi yirikroq bezak buyumlariga, minerallarga puflanadi; 2) egri Dahandam bilan (bir tomoni qayrilgan bo’ladi) nozik — ko’ra alangasi eritib yuboradigan buyumlarga, masalan, uzuk bandi, zirak kabilarga, minerallarning juda mayda kristallariga chiroq alangasi puflanadi (shuning uchun Qo’qon, Marg’ilonda chiroq dahandam deb ataladi). Issiqqa chidamli metalldan yasaladi. Dahandamdan metall buyumlarni kavsharlashda, tog’ jinslari yoki minerallar tarkibini o’rganishda foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz