DAHANASOY



DAHANASOY (yuqori oqimida Shogan, Arikli, Bosmandisoy, o’rta oqimida Yangiariq, Mozorsoy, Shirinsoy) — Tojikiston Respublikasi O’ratepa tumanidagi soy, Sirdaryontsng chap irmog’i. Turkiston tizma tog’ining shimol yon bag’irlaridan boshlanadi. Uzunligi 108 kilometr, havzasining maydoni 780 kilometr kvadrat. Dahanasoy qor, yomg’ir, ko’proq buloq va qisman kichik muzliklar suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 1,82 metr kub/sekund, quyi oqimida 1,22 metr kub/sekund. Oqimi yil davomida oylar bo’yicha kam o’zgaradi. To’linsuv davri may-iyunda kuzatiladi. Dahanasoy suvi asosan sug’orishga sarflanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz