DAHANAK
DAHANAK (fors — og’iz so’zidan) — pichoq dami qinni kesmasligi uchun pichoq qinining og’ziga kiydiriladigan metall. Mis yoki kumushdan yasaladi. Misdan yasalgani misdahanak deb ataladi. Kumushdan qilinganini miskarlar, ko’pincha, chiroyli naqshlar b-n bezatadilar, ba’zan unga Feruza yoki qaqiq kabi qimmatbaho toshlar o’rnatadilar. Toshkent pichoqsozlari Dahanakni sarak deb yuritishadi. Hozir ko’pincha mis yoki jezdan yasaladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz