Dafniyalar




Dafniyalar , suv burgalari (Daphnia) — bargoyoklilar (baʼzi manbalarga binoan shoxdormoʻylovlilar) turkumiga mansub qisqichbaqasimonlar urugʻi. Tanasining uz. 1–3 mm. Tanasi orqa va yon tomonidan shaffof ikki tavaqali chigʻanoq bilan qoplangan, bo-shining old tomoni oʻrdakning tumshugʻiga oʻxshab ketadi. Boshida ikkitadan yirik fasetkasi va oddiy koʻzi bor. Anennulalari mayda, kuchsiz. Antennalari ikki shoxli boʻlib, asosiy hara-kat organi hisoblanadi. D. ob-havo qulay sharoitda partenogenez xususi-yatiga ega. Bir necha oʻn turi qutbdan tashqari hamma yerda uchraydi. D. chuchuk suv havzalarida baliqlarning asosiy ozigʻi, ayrim parazit chuvalchanglar uchun esa oraliq xoʻjayin hisoblanadi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz