DAFNA, LAVR



DAFNA, LAVR — lavrdoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt yoki butalar turkumi. Bargi ketma-ket, qalin, to’q yashil, usti yaltiroq, Guli oqishsariq. Mevasi qora yoki ko’k, danakli, bir urug’li. Asl Dafna vakanar Dafna turi bor. Asl Dafna ko’proq tarqalgan. O’rta dengiz atrofi va dengizdagi orollarda yovvoyi holda o’sadi. O’zbekistonning Surxondaryo viloyatida, Kavkaz va Qrimning Qora dengiz sohillarida, Ozarbayjonda o’stiriladi. Quritilgan bargi ziravor sifatida ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz