DAFNA — yunon mifologiyasida Daryo xudosi qizi. Apollon uni sevib qolib, ta’qib etgan, Dafna otasi — Daryo xudosi Peneydan yordam so’ragan. Peney Dafnani lavr daraxti (dafna)ga aylantirib qo’ygan. Dafna haqidagi afsona nazmda (Ovidiyning “Metamorfozalar” asari), tasviriy san’at va haykaltaroshlikda (N. Pussen, L. Bernini va boshqalar) o’z ifodasini topgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish