Daerah Zhangeldi
Jangeldin tumani 1928-yili tashkil topdi. (1928-1950-yillarda — Toʻrgʻay tumani) — Qoʻstanoy viloyatining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 37,6 ming km². Aholisi 16,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 0,4 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Toʻrgʻay qishlogʻi.
Tarixi
Tuman 1928-yili Toʻrgʻay tumani nomi bilan tashkil topdi, 1950-yilda esa Jangeldin tumani deb nomi oʻzgartirildi.
Jangeldin tumani — tarixi katta. A.Jangeldinning revolyutsiya xizmati, Amangeldi Imanov boshchiligidagi 1916-yilgi Sovet Hukumatiga qarshi ozodlik qoʻzgʻaloni Toʻrgʻay diyori bilan bogʻliq. Ibiray Altinsarin qozoq davlatidagi toʻngʻich qozoq-rus maktabini shu tumanda ochdi.
Aholisi
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):
Geografiyasi
Jangeldin tumanining eri asosan Toʻrgʻay dalasi deb nomlanadigan dashtlardan iborat. Shimoliy-gʻarb tarafi dengiz sathidan balandligi 210 — 310 metr, Jilandi va Qargʻali togʻlari joylashgan Toʻrgʻay usyurtining janubiy-gʻarbiy chetini tashkil qiladi. Toʻrgʻay va Buyuk ilonchiq daryolari yoqalab Aygʻirqum, Toʻsin va Oqqum qumlari mavjud. Foydalali qazilmalaridan qurulish materiallari konlari bor.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −16 — 17 °C, iyulniki 22 — 25 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 225 – 275 mm. Tumanda Toʻrgʻay, Oʻlkeyek, Buyuk ilonchiq va Teke daryolari va koʻllari mavjud. Katta koʻllari: Oqkoʻl, Jaman aqkoʻl, Sariqopa, Jarkoʻl, Ashitastisor.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org