Daerah Jalalkuduk





Jalaquduq  — Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Xoʻjaobod tumani bilan birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tuzildi).

Tuman viloyatning Qoʻrgʻontepa, Xoʻjaobod, Andijon tumanlari hamda Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni — 0,37ming kv. km. Aholisi — 146,5 ming kishi.

Jalaquduq tumanida 1ta shahar (Jalaquduq), 3ta shaharcha (Janubiy Olamushuk, Qoʻshtepa ) (Yorqishloq)7ta qishloq fuqarolar yigʻini (Abdullabiy, Beshtol, Jalaquduq, Chashma, Kolxozqishloq, Oyim, Teshiktosh, Qatortol) bor. Markazi — Oxunboboyev shahri.

Etimologiyasi



Jalaquduq va unga yondosh qishloqlar oʻramida yogʻingarchilik koʻproq boʻlganligidan, u erlar ilgari qamishzor, toʻqayzor boʻlgan. Tuman nomi „jele“ yoki „jelak“ soʻzidan kelib chiqqan degan rivoyatlar bor: oʻtmishda mahalliy aholi zovur, buloq va quduqlarga jela tashlab baliq ovlagan ekan. Jela qoʻyiladigan quduqlar asta-sekin „jelaquduq“ deb ataladigan boʻlganmish. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „jalaquduq“ yoki „jalolquduq“ shaklida qishloq, soʻngra tumanga nom boʻlib qolgan deyiladi.

Tarixi



Jalaquduq tumani hududida 11ta arxeologik tepalik, 5ta meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Dalvarzintеpa, Qoratepa, Eshonota va Qilichmozor tepaliklari eng qadimiy arxeologik yodgorliklar, Toshmasjid esa milliy meʼmorlik namunasidir.

Fargʻonaliklar VIII asr boshida Fargʻona vodiysiga kelgan Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi musulmon qoʻshinlariga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Shunga qaramasdan Fargʻona fath etiladi. Qutayba ibn Muslim yangi saylangan xalifa Sulaymonga boʻysunishdan bosh tortganligi uchun xos askarlari tomonidan 715-yilda hozirgi Jalaquduq tumani hududida oʻldirilgan. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Qutayba ibn Muslimning qabri Qilichmozor qishlogʻida. Bu qishloq yonidagi qabriston „Raboti sarxang“ (hozirgi „Mozorbuva“) deb ataladi.

Geografiyasi



Jalaquduq tumani viloyatning shimoli-sharqida joylashgan. Relyefi pasttekkislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi — keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati — 27, yanvarniki — minus 3 daraja. Vegetatsiya davri — 160-180 kun. Yiliga oʻrtacha 250 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Andijonsoy (3,5 km), Shahrixonsoy, Savay kanallari, Qoradaryo oqib oʻtadi. Tuman yerlari och tusli oʻtloqi boʻz tuproqdan iborat. Adirlarda efеmеr oʻsimliklar, ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq, shoʻra oʻsadi.

Aholisi



Aholisi — asosan, oʻzbеklar. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 kv. km ga 397 kishi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz